Toshkent temir yoʼl transporti kasb-hunar kollejida 30.01.2020 kuni Mirobod tumani IIO FMB 3-son IIB boshligʼi podpolkovnik A.X.Shaxidov, 3 son IIB XPB boshligʼi podpolkovnik N.Zakirova, profilaktika inspektori kapitan D.Ermatovlar ishtirokida “Davomat” va “Tigʼ” tadbiri boʼlib oʼtdi.
Tadbirda kollej oʼquvchilarining ongida sogʼlom maʼnaviy muhit barkamolligini taʼminlash, ularning ongi va dunyoqarashini milliy maʼnaviyatimizga yot gʼoyalar, mafkuraviy xurujlardan asrash, xavfsizlikka tahdid qiluvchilar taʼsiriga tushib qolishning oldini olish, giyohvand moddalarni isteʼmol qilish salbiy oqibatlarga olib kelishini yetkazish va ularning ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, maʼnaviy-axloqiy xislatlarni buzuvchi, zoʼravonlik, shafqatsizlik hamda sodir etilishi mumkin boʼlgan turli koʼrinishdagi nojoʼya xatti-xarakatlarni qilmaslik, shu jumladan, bolalar ishtirokida alohida guruh va toʼdalar tashkil etish, ularni oʼzlari bilan oʼtkir tigʼli va inson xayotiga xavf yetkazishi mumkin boʼlgan sovuq qurollar yaʼni pichoq, xanjar, bigiz, kastet va boshqa shu kabi har xil qurollarni olib yurmaslik haqida davra suhbati boʼlib oʼtdi.
Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili
‹ | › | |||||
Du | Se | Cho | Pa | Ju | Sha | Yak |
0 371 299-04-00
0 371 299-04-00