O'ZBEKCHA ЎЗБЕКЧА РУССКИЙ
18-Dekabr 2018 00:57:26

    Maxsus imkoniyatlar

Yangiliklar

Kollejimizda Navro'z bayram tadbiri bo'lib o'tdi

Navroʻz (forscha — „yangi kun“) — bahor bayrami, hamda fors va turkiy xalqlarida yangi yilning birinchi kuni. „Navroʻz“ soʻzi forschadan tarjima qilinganda, „yangi kun“ maʼnosini beradi. Eron, shuningdek, Markaziy Osiyo va Kavkazda navroʻz 21-mart kuni, Qozogʻistonda esa, 22-martda nishonlanadi.

Tarixiy manbalarda keltirilishicha va olimlarimiz fikriga koʻra, Navroʻzning shakllanish davri — eng qadimgi zamonlardan „zardushtiylik“ning paydo boʻlishigacha davom etgan asrlarni oʻz ichiga oladi.

Oʻzbek xalqining allomalaridan biri Abu Rayhon Beruniy „Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar“ kitobida Quyosh yili hisobida yilning birinchi oyi deb sanalgan Farvardin oyi toʻgʻrisida soʻzlab: "Bu oyning birinchi kuni Navroʻzdir, — deydi. — Navroʻz yilning birinchi kuni boʻlib, uning forscha nomi ham shu maʼnoni anglatarkan. Navroʻz eronliklar „zij“lari boʻyicha oʻtmish zamonlarda, ular yillarini kabisali qilgan vaqtlarida Quyoshning Saraton burjiga kirish paytiga toʻgʻri kelar edi. Soʻngra u orqaga surilgach, bahorga keladigan boʻldi. Endi u butun yil unga xizmat qiladigan bir vaqtda, yaʼni bahor yomgʻirining birinchi tomchisi tushishidan, gullar ochilgan, daraxtlar gullashidan mevalari yetilguncha, oʻsimlik unib chiqa boshlashdan takomillashguncha davom etgan vaqtda keladi. Shuning uchun Navroʻz olamning boshlanishi va yaratilishiga dalil qilingan" deya izohlaydi.

Qadim-qadimdan Navroʻz xolis niyatli kishilarning sevimli ayyomi boʻlib kelgan. Oʻsha kunlarda hatto urush-janjallar ham toʻxtalgan, gina-qudratlar kechirib yuborilgan. Shohlar el ichidan eng munosib kishilarni taqdirlashgan, ayrim mahbuslarning gunohidan oʻtishgan.

2018-yil

Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili

Kalendar

DuSeChoPaJuShaYak

Ishonch Telefonlari

0 371 299-04-00

0 371 299-04-00

Saytni baholash

Javob berish /Natijalar

Iqtidorli talabalar

Previous Next