O'ZBEKCHA ЎЗБЕКЧА РУССКИЙ
25-Aprel 2024 00:56:55

    Maxsus imkoniyatlar

Texnikum haqida

2022/2023 o'quv yilida Toshkent temir yo'l texnikumiga SIRTQI ta'lim shakliga hujjat topshirgan va o'qish istagida bo'lgan abituriyentlar, sizlarni texnikum qabul komissiyasiga hujjatlarini topshirish uchun kelishlaringizni so’rab qolamiz. SIRTQI ta’lim shaklida hujjatlar qabuli hamon davom etmoqda.

Talab etiladigan hujjatlar quyidagilar:

1) Umumiy o'rta maktabni tamomlaganlik to'grisidagi attestat (11-sinf) yoki o'rta maxsus kasb-hunar ta'lim muassasasini tamomlaganlik to'grisidagi diplomning  hamda ilovasining asli (2 ta nusxasi bilan);

2) Shaxsni tasdiqlovchi pasport (propiska joyi ko'rsatilgan 2 ta nusxasi bilan);

3) 086-U shakldagi yashash joyidagi oilaviy poliklinikadan beriladigan tibbiy xulosa;

4) 3,5x4,5 sm o’lchamdagi 8 ta rasm.

Hujjatlar qabuli texnikum asosiy binosining 116-xonasida tashkil etiladi. Shu kunning o'zida kontrakt to'lash uchun shartnomalarni texnikum buxgalteriyasi xodimlaridan olishingiz mumkin bo'ladi.

Sirtqi ta'lim shaklida tahsil oluvchi o'quvchilar uchun texnikum tomonidan alohida tibbiy ko'rik tashkil etilmaydi.

Qabul komissiyasi dushanbardan shanbagacha soat 08-00dan 16-00 gacha ishlaydi. Yakshanba dam olish kuni.

Sirtqi ta'lim shaklida tahsil oluvchi o'quvchilar uchun ham o'qishga temiryo'lchi kasb kiyimida kelish majburiy hisoblanadi. (Temiryo'lchi kasb kiyimini texnikum 2-binosidan, Toshkent shahridagi maxsus do'konlardan, Abu-sahiy buyum bozori do'konlaridan va texnikumning o'zidan harid qilishingiz mumkin bo'ladi)

Ma’lumot uchun qabul komissiyasi telefon raqami: 71-299-05-67

2022-yil

INSON QADRINI ULUG'LASH VA FAOL MAHALLA YILI

Kalendar

DuSeChoPaJuShaYak

Ishonch Telefonlari

0 371 299-04-00

0 371 299-04-00

Saytni baholash

Javob berish /Natijalar

Iqtidorli talabalar