O'ZBEKCHA ЎЗБЕКЧА РУССКИЙ
06-Iyun 2023 18:57:22

    Maxsus imkoniyatlar

Texnikum haqida

Qishki ta’tillar pedagogik jamoada mazmunli tashkil etilmoqda!

             2023-yil 07-yanvar kuni texnikum faollar zalida Oliy ta’lim, Fan va innovatsiyalar vazirligining Pedagogik innovatsiyalar instituti, Professional ta’limni innovatsion rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Raimjanov Xosiljon, Pedagogik innovatsiyalar instituti “WorldSkills”, dual ta’lim va o‘quv amaliyotlarini metodik ta’minlash bo‘lim boshlig‘i Madjitov Abdumalik Abdug‘anievich, Pedagogik innovatsiyalar instituti, Persanalni boshqarish kafedrasi katta o‘qituvchisi Roziqova Nazokat Alisher qizi, Sergeli tuman kasb-hunar maktabi ishlab chiqarish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Xudoynazarov Ilyos Qayumovich, Sergeli tuman kasb-hunar maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Bozorov Muhiddin O‘razboyevichlar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

             Seminar-treningda Innovatsion pedagogik texnоlogiyalardan foydalanish, Dual ta’lim tizimini o‘quv jarayoniga joriy qilish bosqichlari, O‘quv jarayonini zamonaviy tashkil etish shakl va usullari, “Professional ta’lim muassasalari uchun o‘qitish materiallari to‘plamlarini yaratishni tashkil etish” to‘risidagi 465-son buyruq ijrosini ta’minlash, Professional ta’lim muassasalari uchun Malaka talabi, o‘quv reja va fan(modul) dasturlarini ishlab chiqish masalalarida taklif etilgan mehmonlar o’z ma’ruzalari bilan yig’ilganlarga ma’lumot berdilar.

            Seminar qatnashchilari va mehmonlar t’atil davrida onlayn shaklda seminar-treninglar tashkil qilish, o‘quv-me’yoriy hujjatlarni soddalashtirish orqali yanada takomillashtirish, ta’lim jarayonida ishlatilishi lozim bo‘lgan yangi innovatsion texnologiyalarni elektron shaklda doimiy ravishda taqdim qilib borish yuzasidan fikr almashishdi.

            Seminar yakunida texnikum direktori A.Mavlanov so‘zga chiqib, seminar mehmonlariga o‘ta muhim masalalarga bag’ishlangan sermazmun ma’ruzalar va taqdim qilingan ma’lumotlar uchun minnatdorchilik bildirar ekan, bu kabi uchrashuvlar, albatta o’z foydasini berishini, har bir pedagog xodim bugungi seminarda ko’tarilgan masalalarni o’z faoliyatida qo’llashlariga ishonch bildirdi.

Shuningdek, kelajakda bu kabi treninglarni ko’proq o’tkazib borish maqsadida istiqbolli rejalarni hamkorlikda ishlab chiqishni taklif etdi.

2022-yil

INSON QADRINI ULUG'LASH VA FAOL MAHALLA YILI

Kalendar

DuSeChoPaJuShaYak

Ishonch Telefonlari

0 371 299-04-00

0 371 299-04-00

Saytni baholash

Javob berish /Natijalar

Iqtidorli talabalar